Tarovexni uyda o‘qish

Assalomu alaykum! Ustoz Alloh ilmilani ziyoda qilsin. Savobli amallarilani ajrini ko‘paytirib bersin. Ayol kishi bo‘lganim uchun tarovex namozini uyda o‘qishni niyat qiludim. Qanaka o‘qish kereligini o‘qib chiqdim. Azgina tushunmagan joylarim boridi. 4-rakatga o‘tirilshanda tasbex taxlil aytilarkan suxanAllohi la ilaxa illAlloh,alxamdulilix,Allohu akbarni aytsam bo‘ldimi?
2. Keyin Qur’on xatm qilinarkan. Man fakat 5ta kichkina suralani, Yasin, Mulk va Oyatal kursini bilaman. Shulani o‘zini o‘qisam bo‘ladimi?
3. Xatm qivotkanda kitobga qarasa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Bo‘ladi. 2). Bilganlaringizni o‘qing, himmatingizga yarasha ajr beriladi. 3). Bizning mazhabimizda namozda Qur’onga qarab o‘qish joiz emas. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 20:36 | Savol-javoblar | 155 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar