Jalsasiz o‘qilgan namoz

Assalomu alaykum! Agar bir ayol namozlarini bir necha oylab, jalsasiz o‘qib kelgan bo‘lsa(ilmi etmasdan) shu holatniing xukmi qanday? O‘qigan namozlari qabulmi yoki qaytadan o‘qishi lozimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Jalsa deb ikki sajdaning orasida qomatini tik qilib o‘tirishga aytiladi. Shunday holatda o‘tirish vojib amal. Ammo farzlari ado qilingani uchun namozlar qayta o‘qilmaydi. Agar siz jalsadan sajdadan keyin qiyomga turishdan avval qilinadigan jalsai istirohatni nazarda tutgan bo‘lsangiz bu boradagi hadisdan boshqa mazhabdagilar sunnat hukmini olganlar, hanafiy mazhabidagilar esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yoshlari keksayib et olganlari uchun shunday qilgan – deb tushunishgan. Buni qilmaslik bilan namozga hech qanday zarar etmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:36 | Savol-javoblar | 159 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar