Boshlig‘imning gapi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar bizlar ishxonada yig‘ilish qilayotgandik yig‘ilish boshlangungacha Allohdan qo‘rquv va taqvo haqida so‘z ketdi. Shunda men xaqiqiy qo‘rquv tildagi emas amalda ko‘rsatilsa shu xaqiqiy qo‘rquv dedim. Keyin men boshliqimizga siz Allohdan qo‘rqasizmi deb savol berdim. U kishi ha dedi. Men agar xaqiqatda qo‘rqsangiz nima aroq ichasiz, sizni bu gapingiz yolg‘on manosida gap aytdim. Shunda boshliqimiz sen falonchani gapini eshitmaganmisan, u aroqni kechqurun Alloh uxlagandan so‘ng ichsa bo‘ladi deb aytadi man ham kechqurun Xudo uxlagandan so‘ng ichaman deb javob berdilar va shu bilan baxs tugab yig‘ilish boshlanib ketdi. Meni uyga kelgandan so‘ng vahima bosdi. Bir kishini iymoniga zarar etkazuvchi so‘zga sababchi bo‘lib qolmadimmi? Hurmatli ustozlar shu ilmsizlik bilan gapirgan gapidan so‘ng boshliqimizni iymoni salomatmi? Agar nuqson etgan bo‘lsa nima qilishlari kerak, javoblaringni u kishiga ko‘rsataman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Alloh taolo Oyatul Kursiyda “Uni mudroq ham, uyqu ham olmas. Osmonlaru erdagi narsalar Unikidir” deb marhamat qilgan. Alloh taoloni uxlaydi deyish kufr hisoblanadi. Buni ko‘rsating, agar “Bunchaligini bilmagan ekanman” desa tavba qilsin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:37 | Savol-javoblar | 145 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar