Ayollar uchun masjidlar
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men xizmat safari bilan O‘zbekiston bo‘ylab ko‘p yuraman. Oila a’zolarimni ham olib yuraman. Hozirda masjidlarning sharoitlari ancha yaxshilanmoqda. Biz erkaklar uchun umuman muammo yo‘q desak ham adashmagan bo‘laman. Lekin ko‘p joylarda, xususan, hozirda turizm ko‘p bo‘lgan shaharlarda, 1-2 ta masjidlarni inobatga olmasak, ayollarimiz uchun umuman sharoit yo‘q. Men o‘zim yaqinda guvohi bo‘ldim, Buxoroga vodiydan kelgan onaxonlar, erkaklarning tahorat xonasiga navbat kutib turishgan edilar. Bunday holat deyarli hamma viloyatlarda kuzatish mumkin. Toshkentda ham viloyatlardan kelgan ayollar uchun sharoit yo‘q. To‘g‘ri, ayollar namozni uyda o‘qishi kerak. Lekin yo‘lda yurgan ayollarga ham sharoit qilinsa yaxshi bo‘lar edi, manimcha.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bu kabi masalalarni hal qilish, O‘zbekiston Musulmonlari Diniy Idorasining vakolatiga kiradi. muslim.uz saytiga murojaat qiling.
26 May 2022, 04:39 | Savol-javoblar | 160 | Namoz