Gap puli

Assalomu alaykum! Uzr, biz ulfatlar bilan 10 kishi gap puli o‘ynagandik. Faqat bu pullar uylanayotgan vaqtimizda yig‘ib beriladi(to‘yonaning o‘rniga sababi to‘yona chin dildan berilishi kerak degan hulosaga kelgandik, agar kimdir berolmay qolsa uyatli bo‘lmasligi uchun, gap puli esa majburiyat hisobida o‘tadi deb o‘ylagandik). Qiymati 1000 ta buhanka non puliga teng. Sababi non oshsa qolgan barcha narsalar ham oshadi degan maqsadda non narxiga tenglashtirganmiz. Hozir nonning narxi oshgani sababli oramizda fitna va janjal kelib chiqmoqda. Eski narxda qabul qilib olganlar shunday beramiz desa qolganlar oshgan qiymatda beriladi demoqda. Yana bir qismimiz ikkala narxning o‘rtasi olinib beriladi demoqda. Qay yo‘lni tutgan ma’qul?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kim so‘mda qanchadan bergan bo‘lsa shunchani oladi. Buxankani narxinng aloqasi yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:57 | Savol-javoblar | 140 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar