Qoidabuzarliklar

Assalomu alaykum! Bir tanishim haydovchilarning qoidabuzarligini tasvirga olib tegishli idoraga yuborib, ushbu haydovchilarni jarimaga tortilishiga sabab bo‘ldi. Do‘stimning shu qilgan ishi to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Agar haqiqatan xalqning zararini oldini olish uchun ta’qiqlangan qoidani buzgan bo‘lsa qilgan ishi to‘g‘ri. Undan avval o‘zlarini ogohlantirganida yanada to‘g‘riroq bo‘lar edi. Bu ishni avvalo qoidani buzadigan DAN xodimlaridan boshlash kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:50 | Savol-javoblar | 129 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar