Baliq boqish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, bir birodarim bilan sherikchilikka baliq boqishni boshlagan edik. Birinchi marotaba bu ishni qilayotganimiz uchun boshida etiborsizlik qilib ko‘pchilik qatori biz ham baliqni najas bilan boqishni boshladik. Savolim, endi bu baliqlarni nima qilsak bo‘ladi? Bu ishga anchagina pul sarf qilganmiz pulga kuymaylik desak oxirat kunida minglab odamlarning javobgarligidan qo‘rqo‘rqayapmiz. Iltimos maslahat beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Najosat bo‘lmagan ozuqadan ma’lum muddat berib turasiz. Poklanganidan keyin sotaverasiz. Fiqhiy kitoblarimizda “Qoramollar 10 kun, tovuq kabilar 3 kun pokiza taom bilan boqilsin” deyilgan. Shunga mo‘ljallab pokiza ozuqa edirib sotaveringlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:50 | Savol-javoblar | 164 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar