Shu ishim durustmi yoki shtraf to‘laganimmi?

Assalomu alaykum! Man Moskvada bitta kompaniyada gazel minaman ham gruzchikman u kompaniya bizada xuddi onlayn taksi kabi zakazni oladi va bizga beradi xar kuni xar xil zakaz. Bir mebellar, xolodilnik, kiyim kechak, gul, ish qilib xar xil zakazlar. Biz turgan joyimizda zakazni kutib o‘tiramiz, bizga internetdan tashaydi. Biz nima tashishimizni ham bilmasdan yo‘lga chiqamiz va borganimizda ko‘ramiz kampaniya o‘zi moshinaniyam zakazniyam beradi. Dogovor qilib 60% ga 40% ishlaymiz kampaniya bergan zakazini biz albatta olishga majburmiz, agar otkaz qilib yuborsak bizga 3000 rubl yani 400.000 so‘m shtraf soladi. Ba’zida zakazga borsak spirtli ichimliklar ham bo‘ladi. Man eshitgandi hamrni oluvchi ham sotuvchi ham olib borib berguvchi ham gunohkor bo‘ladi deb, endi shu holatda man nima qilishim kerak? Tirikchiligim shundan, bunday ichimliklar hadeb ham chiqavermaydiyu baribir ora orada 15-20 kunlada bo‘pqolishi mumkin. Ushbu zakazdan bosh tortib pul to‘laganim yaxshimi yoki?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Jarimani to‘laganingiz yaxshi. O‘zingiz o‘qibsiz, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning la’natlashlari ham hazlakam narsa emas. O‘sha 15-20 kunda bo‘lib qolganlardan birida la’nat ijobat bo‘lib qolsa duyoingizga ham oxiratingizga ham katta zarari bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:53 | Savol-javoblar | 141 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar