Masxara qilish emasmi?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, hozir kimgadur nasihat qilsangiz “ey qori akani o‘chirib qo‘y” yoki “yana do‘ppini kiyib oldi” deyishadi. Bu dinni masxaralashga kirmaydimi? Shunday gaplar gapirib insonni dilini og‘ritish hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!
Bunday kishilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zamonalarida ham bo‘lishgan.Alloh taolo «Va yaqin qarindoshlaringni ogohlantir» degan oyatni nozil qilganda, Nabiy sollallohu alayhi vasallam Safo tepaligiga chiqib, baland ovoz bilan:– Ey Quraysh jamoasi! – deb nido qildilar. Shunda ular to‘planishdi. Ul zot ularga qarab: – Agar sizlarga hozir «Vodiyda otliqlar ustingizga bostirib kelishga tayyor turibdilar», desam, ishonasizlarmi? – dedilar.To‘planganlar:– Ishonamiz, sening yolg‘on gapirganingni hech ko‘rmaganmiz, – deyishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:– Albatta, men sizlarga shiddatli azobdan qo‘rqituvchi (payg‘ambar) bo‘lib keldim, – dedilar. Shunda Abu Lahab:– Halok bo‘lgur! Bizni shunga yig‘dingmi?! – degandan so‘ng Alloh taolo «Masad» surasini nozil qilgan. (“Tafsiri Hilol” kitobidan).Bunday kishilar yuqorida zikr qilingani kabi Abu Lahabning izdoshlari hisoblanadilar. Musulmon kishi o‘zi e’tiqod qiladigan narsaga bu kabi beparvo bo‘lmasligi kerak. aks holda oqibati Abu Lahabning oqibatidek bo‘lib qolishi mumkin. Fuqaholar : “Agar masxara qiluvchilar ochiq-oydin dinni masxara qilsalar, kofir bo‘ladilar. Dindan gapirayotgan insonning beamalligi yoki so‘zi boshqa, amali boshqaligini masxara qilishsa, gunohkor bo‘ladilar, lekin kofir bo‘lmaydilar”. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:36 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar