Burunni operatsiya qilish

Assalamu alaykum! Burundan nafas olishga qiynalaman. Qur’on o‘qiganimda ham qiynalaman. Shifokorga uchrasam, burunning ich tarafini operatsiya qilsa Xudo xoxlasa hammasi yaxshi bo‘ladi dedi. Burnimning tashqi ko‘rinishi ham bir tomonga ko‘proq og‘ayib qolgan. Burunning tashqi ko‘rinishi to‘g‘irlatish yoki to‘g‘irlatmaslik nafas olishga ta’siri yo‘q ekan. Shunda burunning ich tarafi bilan tashqi ko‘rinishini ham operatsiya qildirsam, shar’an durustmi, yoki faqat ichini operatsiya qilish bilan kifoyalanib qolaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Durust bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:57 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar