Egasiga bildirmay olib qo‘yilgan pulni qaytarish
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Sovg‘a sifatidami, biror ishidan minnatdorchilik sifatidami qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham o‘ziga qaytaring. Urib qolganingizni aytishingiz shart emas. Aslida inson tarafidan sodir bo‘ladigan xato va kamchiliklar Alloh taoloning rahmatiga ham sababchi bo‘lib qoladi. Buning uchun esa tavba qilish kerak. Alloh taolo “Baqara” surasi
-oyatida إِنَّ اللّهَ يُحِبُّ التَّوَّابِينَ وَيُحِبُّ الْمُتَطَهِّرِينَ “Albatta, Alloh tavba qiluvchilarni sevadir va poklanuvchilarni sevadir», – deb ayt” deb marhamat qilgan. Ushbu oyatning xulosasi gunoh qilib, gunohida davom etmay, nadomat qilib va tavba qilgan kishi Alloh taoloning nazdida maqomi ko‘tariladi. Tavba qiluvchi habibullohga aylanadi. Ya’ni Allohning eng suyukli bandalari qatoriga qo‘shiladi. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu bir qo‘shiqchini oldidan o‘tib qoldilar va uning ovozini eshitib “Qani endi shu ovoz bilan qur’on o‘qisa edi” dedilar. Alloh taolo bu so‘zni uning qulog‘iga etkazdi. Shu zahoti qo‘shiq aytishni to‘xtatib “Bu kim” dedi. Odamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobasi Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu deyishdi. Shunda o‘sha qo‘shiqchi asbobini sindirib, chopib borib oyog‘iga yopishdi va tavba qilganini aytib yig‘ladi. Odamlar “Nega yig‘layapsiz” deyishgan edi, “At taaibu habibulloh” ya’ni tavba qiluvchi Alloh taoloning suyukli bandasi bo‘ladi. Uni Alloh taolo yaxshi ko‘rganda men yaxshi ko‘rmaymi, u yig‘laganda men yig‘lamaymi” dedilar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:57 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar