Toq xolatda

Assalomu alaykum! Bozordan nonni toq miqdorda sotib olinmaydi, mexmonga ham toq olib borilmaydi, juft bo‘lishi kerak degan gaplarga qanday qarash kerak.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu sunnatga zid. Sunnatni o‘ta darajada mahkam ushlagan, dunyoga imom Rabboniy nomi bilan mashhur bo‘lgan Ahmad Sarhindiy rahmatullohi alayh bog‘da o‘tirganlarida bir shogirdlariga qarab “Bog‘imizdagi qoranful gullaridan terib keling” dedilar. Shunda shogird borib 6 dona gul terib keldi. Imomning yuzlari o‘zgarib mahzun holga keldi. Shogird bundan hayron qolib, nega mahzun bo‘lganlarini so‘radi. Shunda imom Rabboniy: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh toqdir, toqni xush ko‘radi” deganlar. Sizningcha bu hadisga qachon amal qilinadi? 6ta o‘rniga 7ta keltirganingizda ushbu hadisga amal qilganning savobini olgan bo‘lar edingiz. Alloh xush ko‘radigan amalni qilgan bo‘lardingiz – dedilar. Musulmon kishining najoti sunnatga amal qilishga bog‘liqdir. Sahoba roziyallohu anhumlar va ulardan keyingi dunyoga mashhur valiyullohlarning Alloh nazdida maqbul bo‘lishlarida asosiy narsa sunnatga amal qilishlari bo‘lgan. Shuning uchun ular dunyoda ham aziz bo‘lganlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xabar berishlariga ko‘ra oxiratda ham aziz bo‘ladilar. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 13:03 | Savol-javoblar | 166 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar