Onamni qora bosadi

Assalomu alaykum! Onam ibodatda, besh maxal namozdalar. Xufton namozidan so‘ng odatda taxorat bilan uxlaydilar. Shunday xolda avval kechasi qandaydir odam onamni bosgan edi. Xozir onamlarda buyrakda tosh borligi u esa joyidan ko‘chganligi sababli vaqtinchalik trubka qo‘yilgan. Uzrli bo‘lgan vaqtlari ham. Hozir taxoratsizlar, chunki jarroxlik operatsiyasidan keyin vaqtinchalik  kasalxonadan uyga chiqdilar. Shu kuni kechasi yana ikkita sochlari tikka soqolli yana biri sochlari yumshok odam bosibdi. Ko‘zlarini ocholmaptilar baqirishga xarakat qilsalar baqira olmaganlar, qo‘l va oyoklarini ham qimirlata olmaptilar. Bu yana takrorlanmasligi uchun nima qilganlar ma’qul? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! G‘usl qilolmasalar yuvishi joiz bo‘lgan joylarini yuvib, qolgan joylariga g‘uslni niyat qilib tayammum qilsin. “Oyatul Kursiy” va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tongda va tunda o‘qigan duolarini o‘qish kerak. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 09:17 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar