O‘lganimdan keyin ham savobi tegib turadimi?

Assalomu alaykum! Ustozlar, yurtimizda chop etilayotgan Qur’oni Karim kitoblari sotila boshlandi va uning narxi 31000 so‘m deb belgilandi. Men Qur’oni Karim sotadigan sotuvchiga misol uchun 100 ming so‘m berib, iltimos aka 100 donagacha sotilgan Qur’oni Karimni 31 mingdan emas 30 ming so‘mdan sotib men bergan 100 ming so‘mni xar biriga 1000 so‘mdan arzonlatib sotsaiz deb xolis Alloh uchun shu ishni qilsam menga ham savobidan tegadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Himmatingizga balli, Alloh rozi bo‘lsin. Bunday suratda siz kabi bir necha insonlar “uyimizda Qur’on bor, narxi arzon ekan, avval uyida Qur’oni yo‘qlar olsin, men boyman qimmatrog‘idan ham olsam bo‘laveradi, bir oz moddiy tomondan qiynalib o‘zgalarni qo‘lidan narsa olishni o‘ziga ep ko‘rmaganlar olishsin. O‘qishni bilmaganlar men o‘qishni o‘rgangunimcha o‘qishni bilib Qur’on ololmayotgan olsin, men o‘rgangunimcha yana chiqib qolar” deganlar bo‘ldi. Eshitib ko‘zlarimizga yosh keldi. Arzon olib ustiga foyda qo‘yib kimlargadir sotadiganlar yo‘qmikin degan xavfda edik. Ishxonamizning nizomi bor, uni o‘zgartira olmaymiz. Imkoniyatingiz bemalol bo‘lsa qimmatroqqa bo‘lsa ham bozorda sotilayotganlaridan olib xohlaganingizcha hadya, vaqf qilishingiz mumkin.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:02 | Savol-javoblar | 166 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar