Dinga bo‘lgan munosabat

Assalomu alaykum! Ustozlar, menda ikkta savolim bor. 1. Menga yaqin bo‘lgan bir inson, gapdan gap chiqib "boshka dinga va vakillariga nisbatan o‘z o‘rnida xurmat bo‘lishi kerak" deb aytdi. Bu haqida shariatimiz nima deydi? Boshqa din vakillariga biz qanday munosabatda bo‘lishimiz kerak? 2. Bir yon qo‘shnimiz vafot etganidan so‘ng, turmush o‘rtoqlari ruschada "poxoronы" ga chaqirganda biz qanday yo‘l tutishimiz kerak? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! O‘sha inson chuqurga tushib ketsa tortib olishga harakat qilarmidingiz? Ularni Alloh taoloni tasiq qilib musulmon bo‘lmasliklari oxiratda abadiy do‘zaxga tushish hisoblanadi. Ularni o‘sha chuqurdan tortib olishga harakat qilish kerak. Ular bemor, dardlariga malham bo‘lishga harakat qilish kerak. Kufr va fisq ishlariga nafrat qilib, Allohning bandasi ekanligidan nafratlanmaslik kerak. Qo‘shnichilikni a’lo darajada bajarib, shariat qaytargan o‘rinda ochiq-oydin “shariatimiz bundan qaytargan” deya olish kerak. Siz aytgan chaqiruv ham shariat qaytargan ishlardan. Ularga ta’ziya bildirish joiz, ta’ziya bildirishda ularga jannat yoki Allohning rahmati so‘ralmaydi. Chunki Alloh taoloning O‘zi iymonsiz o‘tganlarga ular berilmasligini Qur’oni karimda bir necha marta bayon qilgan. Ta’ziyada: “Dindor qardoshlari safida qilsin. hamma ham o‘ladi, sabrli bo‘l, Alloh seni hidoyatga boshlasin” deyiladi. Bunday deyish ularni qalbiga ozor beradigan gaplar hisoblanmaydi. Chunki o‘z dindor  birodarlari bilan bo‘lishni o‘zlari uchun sharaf deb bilishadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:02 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar