Qabrni yon atrofini o‘rab qo‘yish
Assalomu alaykum! Biz ukamni qabrini yon atrofini chiroyli qilib temir reshotka bilan o‘rab qo‘ymochimiz. Bu xukmi qanday? Ustidagi tuproqlarinii yayratib gullar ekmoqchimiz joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qabrga ortiqcha sarf-xarajat qilish durust emas. Bu isrof bo‘ladi. Shuningdek qabristonni bog‘, chamanzorga o‘xshatmay yoki shaxsiy hovliga o‘xshatib o‘rab qo‘ymaslik kerak. Qabristonga kirgan odam oxiratni eslashi kerak. Maqsad ham shu. عَنْ سُلَيْمَانَ بْنِ بُرَيْدَةَ، عَنْ أَبِيهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: قَدْ كُنْتُ نَهَيْتُكُمْ عَنْ زِيَارَةِ الْقُبُورِ فَقَدْ أُذِنَ لِمُحَمَّدٍ فِي زِيَارَةِ قَبْرِ أُمِّهِ فَزُورُوهَا، فَإِنَّهَا تُذَكِّرُ الْآخِرَةَ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّ وَاللَّفْظُ لِلتِّرْمِذِيِّ.Sulaymon ibn Burayda otasidan rivoyat qiladi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Sizni qabrlarni ziyorat qilishdan qaytargan edim. Batahqiq, Muhammadga onasini ziyorat qilishga izn bo‘ldi. Bas, u (qabr)larni ziyorat qiling. Chunki ular oxiratni eslatadi», dedilar».
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan. Lafz Termiziyniki.
Sharh: Johiliyat davrida qabrlarni ulug‘lash, ularga sig‘inish avj olgan edi. Allohga shirk keltirishning keng tarqalishiga sabab bo‘lgan eng asosiy omillardan biri ham aynan qabrlarga sig‘inish bo‘lgan. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Islomning dastlabki davrida musulmonlarni qabrlarni ziyorat qilishdan qaytargan edilar.
Tavhid aqiydasi kishilar ongi va qalbida mustahkam joylashib bo‘lganidan keyin Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qabrlarni ziyorat qilishga izn berdilar. Nafaqat izn berdilar, balki bu ishga amr qildilar, targ‘ib etdilar.
Ushbu hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qabrlarni ziyorat qilishning hikmatlaridan asosiysini eslatib o‘tmoqdalar. U ham bo‘lsa, oxiratni eslashdir. Oxiratni eslagan odam esa dunyoni qo‘yib, ko‘proq oxirat harakatini qiladi.
Shuningdek, ziyoratchining duosidan qabrda yotganlar ham foyda topadilar. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 21:16 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar