Dinsiz bilan ishlash

Assalomu alaykum! Hozir Rossiyadaman, menga ish topib beradigon inson shu erlik. U posrednik, lekin u dinsiz. Ishni boshlashdan oldin necha pul olishimni bilmayman, ishni narxini kelishmasdan ish boshlaymiz. Ish tugagach bizni yozgan narxda pulni beradi, lekin u ishdan qancha pul olganini biz bilmaymiz. Biz to‘g‘ri yo‘l tutyapmizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! G‘ayridin bilan ishlash masalasida savol berayotgan bo‘lsangiz bu joiz. kelishuv haqida aytayotgan bo‘lsangiz mijozdan ishni olib, sizlarni yollanma ishchi sifatida ishlatishi joiz. Uni qancha olishini bilishingiz shart emas. O‘zingizni ishingizni bahosi kelishilsa bo‘ldi. Masalan bir kub beton quyish faloncha so‘m, g‘isht urish faloncha so‘m va hokazo. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:12 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar