Ehsonga oid savol
Assalomu alaykum! Yaqinda bir inson universitetdagi nochor talabalarning, shu qatorda mening kontrakimizni to‘lash uchun ustozlar bilan kelishib ma’lum miqdorda pulni bizga bergandi. Ustozlarning shoshirishi bilan pulni olgan kunimdayoq qisqa vaqtda kontrakni to‘lagandim, to‘lovdan ortgan pulga telefon sotib olgandim. So‘ng pulni ustozlardan surishtirganimda pul ehson ekanligini bildim, katta ehtimol bilan sayyidlardan bo‘lishim mumkin, chunki ayrim ajdodlarim eshon o‘tgan, ularning ismiga xon qo‘shilgandi. Shu miqdordagi mablag‘ni o‘sha kishiga qaytarishga yoki sadaqa qilishga moddiy sharoitim etmaydi. Qurbim etganda pulni kishiga qaytarishim yoki kishini topolmaganimda pulni sadaqa qilishim mumkinmi? Shu ehson pulga olgan telefonimdan internetdan elektron kitoblarni sotib olishda, turli ilmiy maqolalar yozishda foydalanaman, shu kitoblar va maqolalarimdan topadigan gonarar mablag‘larim halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning avlodlaridan ekanligingiz aniq bo‘lsa, olmasligingiz kerak edi. Olgan bo‘lsangiz qaytarishingiz kerak. Gumon bo‘lsa, o‘zinigiz bilasiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:19 | Savol-javoblar | 184 | Halol va harom