Majlisdan turilganda o‘qiladigan duo

Assalomu alaykum! Bir hadis o‘qigandim. Unda biror majlisdan turilsa agar g‘iybat qilingan bo‘lsa kaffarot bo‘ladigan duo bor edi. Shuni topib bersangizlar. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! وَلَفْظُ أَبِي دَاوُدَ: كَانَ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ إِذَا أَرَادَ أَنْ يَقُومَ مِنَ الْمَجْلِسِ: سُبْحَانَكَ اللَّهُمَّ وَبِحَمْدِكَ أَشْهَدُ أَنْ لَا إِلَهَ إِلَّا أَنْتَ أَسْتَغْفِرُكَ وَأَتُوبُ إِلَيْكَ، فَقَالَ رَجُلٌ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّكَ لَتَقُولُ قَوْلًا مَا كُنْتَ تَقُولُهُ فِيمَا مَضَى، قَالَ: كَفَّارَةٌ لِمَا يَكُونُ فِي الْمَجْلِسِ Abu Dovudning lafzida: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam majlisdan turmoqchi bo‘lsalar, «SubhanakAllohumma! va bihamdika, ashhadu allaa ilaaha illa anta, astag‘firuka va atubu ilayka», der edilar. Bas, bir kishi: «Ey Allohning Rasuli! Albatta, siz avvallari aytmagan gapingizni aytmoqdasiz?» dedi. «Majlisda bo‘ladigan narsalarning kafforoti», dedilar». Sharh: Duoning ma’nosi: «Allohim! Sen poksan. Senga hamd bo‘lsin. Sendan o‘zga iloh yo‘q deb shahodat keltiraman. Sendan istig‘for so‘rayman, Senga tavba qilaman». Majlislarda turli gap-so‘zlar va yana ba’zi bir ishlar ham bo‘lish ehtimoli ko‘p. O‘shalarning kafforotiga ushbu duoni o‘qib qo‘yish lozim bo‘ladi. Juda ham oson bo‘lgan bu duoni yodlab olib, har majlisdan turayotganimizda o‘qib yurishimiz lozim. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

1 May 2022, 00:48 | Savol-javoblar | 209 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar