Qur’on yozilgan qog‘ozlar

Assalomu alaykum! Qur’on oyatlari yozilgan varaqlarni nima qilsam bo‘ladi? O‘qib o‘rganish uchun kirilchada yozilgan hozir juda ko‘payib ketgan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qur’on va diniy ilmlar yozilgan kitob va qog‘ozlar mo‘minning muqaddas narsasi hisoblanadi. Shariatimiz bu kabi kitoblarni ulug‘lashga, tahoratsiz ushlamaslikka buyurgan. Kim nimani qanchalik qadrlasa Alloh taolo unga o‘sha narsaning barakotini nasib qiladi. Imom Rabboniy bir kun hojatxonaga kirganlarida qo‘llariga qalamdan bir nuqta hosil bo‘lganini ko‘rib, tezda tashqariga chiqqan ekanlar va “bu ham ilmga tegishli” deb uni o‘chirib, so‘ng qayta tahoratga kirgan ekanlar. Ali roziyallohu anhu : “Men qog‘oz yuklangan tuyani tahoratsiz etaklashdan hayo qilaman” degan ekanlar. Alloh taolo ularga qanchalar ilm-ma’rifat bergani hech kimga sir emas. Albatta bu kabi gaplar bir jins bo‘laturib bir-biriga nikohlanuvchi yoki ularning muhitida ular bilan birga yashovchi oddiy insoniy qadriyatni ham farqiga bormaydigan kishilarga kulgili tuyulishi mumkin. Alloh taolo ularning qalblarini ko‘r qilgan bo‘lsa, nima ham qila olardik... Vallohu a’lam! https://fiqh.uz/index.php/ibodat/halol-harom/gunohlar/625-ishga-yaro-siz-olga-kelgan-oyat-va-adislar-jozilgan-kitob-va-varo-lar

26 May 2022, 11:32 | Savol-javoblar | 149 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar