Aqiqa o‘tmaydimi?

Assalomu alaykum! Savolim men farzandlarimga aqiqa uchun qo‘y so‘ydirgandim. Lekin men qo‘yni so‘ydirganda qassob bilan kelishib so‘yilgandan keyin chiqqan kilosiga pul to‘lash sharti bilan so‘ydirgandim. Men yaqinda bildim bunaqa qilish mumkin emas ekan. Oldindan savdolashib pulini to‘lab, so‘ydirish kerak ekan. Xozirda meni farzandlarimga qilgan aqiqam o‘tmaydimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shunday. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:21 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar