Ayollarni sajdada oyoq holati
Assalomu alaykum! Qadrli ustozlar, bir qarindoshimiz otinoyilik qiladilar. Yaqinda ayollar sajda vaqtida barmoqlarini qayrib qiblaga qaratmasliklarini yonga chiqarib o‘tirishlari kerakligi va biz shu paytgacha xato qilganimizni bilibdilar. Qaerdan o‘qidingiz deb dalil so‘rasam «Xijriy qamariy taqvim 2017-2018-yil» kitobi. Muvorounnaxr nashriyoti Hay’at azolari: Usmon Alimov, Abdulaziz Mansur, Isomiddin Alimov, Abdujalil Xo‘ja, Shuhrat Egamberdiev 34- bet.» Namozning farzlari va vojiblari» sarlavhasida ….Oyoq barmoqlarini bukib erga tiramaydilar, yonboshlatib o‘ng tarafdan chiqaradilar… deb ayollar namozi hususida yozilgan ekan. Men bu tashahud holatini yozilgandir desam “Yo‘q bu jumla tashahhudga alohida yana yozilgan” diyaptilar. Biz shuncha vaqt barmoqlarimizni qiblaga qaratib qayirardik sajdada xato qilganmizmi? Yoki jumlada xato ketgan bo‘lishi mumkinmi? Shuni so‘rab berishimni iltimos qilgandilar. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Erkaklar ham ayollar ham sajda vaqtida barmoqlarining uchini qiblaga qarab turadilar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:23 | Savol-javoblar | 160 | Ibodatlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Erkaklar ham ayollar ham sajda vaqtida barmoqlarining uchini qiblaga qarab turadilar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:23 | Savol-javoblar | 160 | Ibodatlar