2-xotin bo‘lish

Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im bilan ajraganimga 1 yil bo‘ldi 1 yoshlik farzandim bor. Bir insondan sovchi kelyabdi. Ya’ni u insonni oilasi bor farzand ko‘rishmagan va 1 nafar o‘g‘il farzand boqib olishgan. U insondi ancha yildan beri yaxshi taniyman xar tomonlama bilimlik inson. U inson bilan yoshimizdagi farq 20 yosh. Mani qiynayotgan savol ota onam norozi bo‘lishmayabdi, yo‘q tegmaysan gap so‘zga qolamiz. Manga lekin makul keldi va kelajagimni shu inson bilan tasavvur qildim va istixora namoz o‘qidim Allox nasib qilib tushimga yaxshi narsalar ayon bo‘ldi. Mani yoshim 23 da u inson esa 43 da namozxon o‘qimishlik xar tomonlama manga juda maqul keldi. Bu xolatta qanday yo‘l tutishim mumkin? Ota onamni rozichiligiga qaraymi yoki nima qilay axir bir insonni oilasiga xursandchilik olib kirib farzand dunyoga kelsa o‘sha insonlar baxtlik bo‘lsa man xam baxtlik bo‘lsam manda nima ayb? Maslaxatlaringa muxtojman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-onangizning aytganini qiling. Vallohu a’lam!

9 Oktabr 2023, 21:51 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar