Axmad Diydod

Assalomu alaykum! 1, Ustozlar Axmad Diydodning baxslarini ko‘rsak va undan foydalansak bo‘ladimi? Bu kishining Islom olamidagi o‘rinlari qanaqa?
2, Uzi umuman boshqa din vakillari bilan baxsga kirish xukmi qanday? (sababi oxir oqibat xamma o‘z pozitsiyasida qoladi va natijada o‘rtada adovat yoqqani qolishi mumkin)
3, Xaj yoki umra vaqtida nafl namozning o‘rniga qazo namozlarini o‘qisa bo‘ladimi?
4, Jamoat bilan namoz adosidan so‘ng tasbexlarni sanashda imomga ulgurmasa, 11 tadan o‘qib keyin Oyatal kursini o‘qisa bo‘ladimi? Odatda masjidda tasbexlar tez o‘qiladi va ba’zilar ulgurmaydilar.
5, Takvimdagi peshin vaqti deb ko‘rsatiladigan, masalan 12:35 vaqtida peshinni o‘qib olsa bo‘ladimi? Va bu vaqtda qiyomdan o‘tgan bo‘ladimi?
6, Uyda jonlik boqilsa va yomonlik yuzaga kelsa, shu jonliqqa uradi deyishlikning xukmi nima?
7, Idish sinsa, kelgan balo shunga ursin deyishadi, shuning xukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Din uchun xizmat qilib, shu yo‘lga umrini baxshida qilgan zot. 2). Bu amru-ma’ruf va nahiy anil munkarga kiradi. Hidoyat qilish Alloh taoloning qo‘lida. Bandasi esa haqni etkazishga harkat qiladi xolos. Albatta bu ishda sohani yaxshilab o‘rganib, keyin tushuntirish olib borish lozim. 3). Bo‘ladi. 4). Aslida namoz tugagandan keyin salom berilgach har kim ixtiyorli bo‘ladi. Bemalaol etkazib o‘zingiz duo qilsangiz ham bo‘ladi. Imom duo qilayotganda o‘qisangiz ham bo‘ladi. 5). Ha. 6). Bu xalqni gapi. Shariatga aloqasi yo‘q. 7). Bu ham. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:37 | Savol-javoblar | 138 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar