O‘zgarishish mumkinmi?
Assalomu alaykum! Erimning xarakterlari juda og‘ir, jahllari chiqsa hech kimni tanimay shaytonlab ketadilar, mazalari qochadi. Buni davolash duolari, o‘z ayoliga nisbatan muomalasini to‘g‘irlash, uni tushunish va hxurmat qilish duolari bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Insonning jismi bemor bo‘lgani kabi ruhi ham bemor bo‘ladi. Ruhni davolashni Qur’oni karimda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga vazifa qilib yuklatilgan. Alloh taolo “Juma” surasida : هُوَ الَّذِي بَعَثَ فِي الْأُمِّيِّينَ رَسُولًا مِّنْهُمْ يَتْلُو عَلَيْهِمْ آيَاتِهِ وَيُزَكِّيهِمْ وَيُعَلِّمُهُمُ الْكِتَابَ وَالْحِكْمَةَ وَإِن كَانُوا مِن قَبْلُ لَفِي ضَلَالٍ مُّبِينٍ 2. U savodsizlarga ularning ichidan Uning oyatlarini o‘qib beradigan va ularni pok¬laydigan hamda ularga Kitobni va hikmatni o‘rgatadigan Rasulni yuborgan Zotdir. Holbuki, ular ilgari ochiq oydin zalolatda edilar. Biz «savodsiz» deb tarjima qilgan ma’no arab tilida «ummiy» deyilib, bu so‘z o‘qish-yozishni bilmaydigan shaxsga nisbatan ishlatiladi. «Umm» ona degani. Demak, «ummiy» so‘zidan «onadan tug‘ilgandek, o‘qish-yozishni o‘rganmay yurgan» degan ma’noni tushunish kerak. O‘sha davr arablari «ummiy qavm» deb atalgan, chunki ularning ichlarida o‘qish-yozishni biladiganlari juda oz bo‘lgan. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom ham o‘qish-yozishni mutlaqo o‘rganmaganlar. Albatta, Alloh taoloning ulkan hikmati tufayli shunday bo‘lgan. Nima uchun hikmat, deyapmiz? Chunki savodsiz jamiyatda ummiy bo‘lib o‘sgan, umrida hech narsa o‘qimagan-yozmagan, o‘zga dinlar, shariat va madaniyatlardan bexabar holda voyaga etgan, payg‘ambar bo‘lganlaridan keyin ham o‘qish-yozishni o‘rganmagan bir odam qirq yoshga to‘lganlarida Allohning irodasi bilan xalqlarni dunyoda eng mukammal din bo‘lmish Islomga da’vat qila boshladilar. U kishiga Qur’oni Karim oyatlari tushib, o‘tgan ishlar, kelajak voqealar, axloq va odob qoidalari, ibodatlar, iqtisod va umuman, inson hayotining barcha taraflarini o‘z ichiga qamrab olgan, unga ikki dunyo saodatining kafolatini beradigan hukmlarning bayoni keldi. Orada zamonlar o‘tishi va ilm-fan rivojlanishi bilan Qur’oni Karim mo‘’jizalari tasdiqlanib bormoqda. Sahroda o‘sgan, o‘qish-yozishni o‘rganmagan odamdan barcha zamonlarning eng haq ta’limoti o‘z-o‘zidan chiqmasligini, bu ishga faqat olamlar Parvardigorigina O‘z qudrati, ilmi va hikmati bilan qodir ekanini tushunish qiyin emas. Bunga do‘st ham, dushman ham tan bermasdan, iloji yo‘q. Endi bevosita oyati karimaning sharhiga o‘taylik. «U savodsizlarga ularning ichidan Uning oyatlarini o‘qib beradigan va ularni pok¬laydigan hamda ularga Kitobni va hikmatni o‘rgatadigan Rasulni yuborgan Zotdir». Alloh taolo arablarga o‘zlarining ichidan chiqqan va o‘zlariga o‘xshash ummiy kishini elchi qilib yuborganini ta’kidlamoqda. Bu elchi Muhammad alayhissalomdirlar. Bu elchining vazifalari jumlasiga quyidagilar kiradi: O‘sha ummiy Payg‘ambar arablarga «...Uning oyatlarini o‘qib beradigan...» Ya’ni Nabiy alayhissalom o‘zlariga Alloh taolo tomonidan tushayotgan Qur’oni Karim oyatlarini ummiy qavmlarga etkazadilar; «...va ularni poklaydigan...» Ya’ni o‘sha Payg‘ambar ularni kufr va gunohlar botqog‘idan poklaydi. Ularning qalblarini, ruhlarini, vijdonlarini, muomalalarini, xullas, barcha-barcha taraflarini poklaydi; «...hamda ularga Kitobni va hikmatni o‘rgatadigan...» «Kitob»dan murod Qur’oni Karimdir, ya’ni o‘sha Payg‘ambar ularga Qur’on ta’limotlarini, undagi amrlarni, qaytariqlarni va ahkomlarni o‘rgatadi. «Hikmat»dan murod esa Payg‘ambarimizning sunnatlaridir. «Sunnat» Nabiy alayhissalomning so‘zlari, qilgan ishlari va o‘zgalar tomonidan aytilgan so‘z yoki qilingan ishni ma’qullaganliklaridan iboratdir. Sunnat musulmonlar uchun Qur’ondan ke¬yingi ikkinchi manba hisoblanadi. Dinimizning ko‘pgina ahkomlari, hayotimizdagi zarur ta’limotlar Nabiy alayhissalomning sunnatlari, hadislaridan olingandir. «Holbuki, ular ilgari ochiq oydin zalolatda edilar», degani Islomdan oldin dunyo xalqlari qattiq adashuvda bo‘lganligiga, ular jaholat botqog‘ida quloqlarigacha botib yotganligiga ishoradir. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Keyinchalik bu vazifani “Ruhiy tarbiya”, “Tazkiyatunnafs” deb nomlandi va har davrda buning mutaxassislari etishib chiqdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zamonalaridan hozirgi kunimizgacha Islom ummatining olimlari ham, omilari ham botiniy poklanish, xulqini sayqallash va Alloh taoloning huzuridagi oliy maqomlarga erishish uchun ushbu soha mutaxassislari bilan doimiy aloqada bo‘lib kelmoqdalar. Ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh tazkiya mutaxassislaridan ham edilar. Bu borada “Ruhiy tarbiya” va “Tasavvuf haqida tasavvur” nomli kitoblarini yozganlar. Eringiz bilan birga shu kitoblarni mutolaa qilsangiz juda ko‘p foyda topasizlar. Bunday holatda shu soha mutaxassislari har bir taomni “Bismillah”ni aytib tayyorlash, taom tayyorlanayotgan idishga ko‘p bora “Bismillah”ni o‘qib dam solishni va iloji bo‘lsa, zam-zam suvni olib “Bismillah”ni 786 marta o‘qib dam solib eriga ichirishni tavsiya qilishadi. Bu biror oyat yoki hadisda kelgan emas, lekin mashoyixlarning tajribasidan ma’lum bo‘lgan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:07 | Savol-javoblar | 139 | Ruhiy tarbiya