Istig‘fordagi jumlani tushunmadim

Assalomu alaykum! Istig‘forlar sayyidi matnidagi «qo‘limdan kelgancha seni ahding va va’dangdaman» degan jumlani tushuntirib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Almiysoqda hamma Allohga iymon keltirish va barcha buyruqlarini ado qilishni ahdlashgan va va’dasini bergan. Qolaversa har bir iymon keltiruvchi Alloh bilan ahdlashib Allohga va’da bergan hisoblanadi. Iymonda, ibodatda bardavom bo‘lish o‘shanga amal qilish hisoblanadi. Shuning uchun “qodir bo‘lganimcha” degan so‘zini qo‘shib qo‘yilgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:44 | Savol-javoblar | 187 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar