Sajdai saxv imom
Assalomu alaykum! Jamoat bo‘lib namoz o‘qiyotgan edik, imom xato qilib sajdai sahv qildi lekin biz(muqtadiylar) sajdai sahv qilmadik, shunda biz(muqtadiylar)ni namozi nima bo‘ladi? Qayta o‘qishimiz kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sajdai sahv vojib bo‘lganida imom bilan birga sajdai sahv qilishlaringiz kerak edi. Qilmagan bo‘lsangiz agar namozni vaqti chiqib ketmagan bo‘lsa, qayta o‘qib olasiz. Agar chiqib ketgan bo‘lsa, namozlaringiz katta nuqson bilan ado bo‘lgan bo‘ladi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 13:29 | Savol-javoblar | 157 | Namoz