Duo, ribo va qazo namozlar haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, sizlarga ba’zi savollarim bor edi.
1. Qazo yoki nafl namozlarida atahiyotu va salovatdan keyin «Allohumma inniy as’aluka ’ilman nafi’an va rizqon toyyiban va ’amalan mutaqobbala» duosini o‘qisa bo‘ladimi?
2. Ribo yani sudxo‘rlik bilan shug‘ullanuvchiga o‘ttiz nechta yoki etmish nechtadir gunoh yoziladi eng kichigi o‘z onasi bilan zino qilgan bilan teng mazmundagi gap o‘qiganman. Shunday hadis bormi?
3. Men engillik bo‘lishi uchun har bir namozdan keyin oldingi qazo namozlarimni o‘qimoqchiman. Ya’ni bomdoddan so‘ng avvalgi bomdod namozi qazosini peshindan keyin peshinni. Shunda har bir qazo namozga azon aytishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Bo‘ladi. 2). Bor. 3). Jamoatda bo‘lsa aytmaysiz, hatto takbirni ham aytmaysiz. Yolg‘iz o‘qiganda aytish sunnat. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:47 | Savol-javoblar | 133 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar