Ommaviy mulk

Assalomu alaykum! Ustozlar, sizlardan ommaning mulki haqida so‘ramoqchi edim. Aytaylik, universitetlar odatda ommaviy joylar hisoblanadi va universitetning jamg‘armasi talabalar tomonidan to‘lanadigan pullar hisobidan shakllantiriladi (ayniqsa, hozir men tahsil olayotgan Koreyadagi xususiy universitetda shunday. Xonalar issiq bo‘lishiga qaramasdan ko‘pchilik o‘z ofislarida oyoqlarni isitish uchun kichkina pechkachalardan foydalanadi.  Men ham o‘z ofisimizda mana shunday pechkachadan foydalanmoqchi edimu, lekin bunga ketadigan elektr puli universitetniki ekanligini o‘ylab universitetdan bir so‘rashni lozim topdim. Aynan mana shu isitish bo‘limidan va xavfsizlik bo‘limidagilardan telefon qilib so‘radim. Ular «aslida, universitet qonuniga ko‘ra xavfsizlik nuqtai nazaridan mumkin emas, lekin mayli ehtiyot bo‘lib foydalaning» degan mazmunda gap aytdi. Ammo menda yana mulohaza paydo bo‘ldi. U telefonga javob bergan odam kim o‘zi? Talabalarning pullarini sarflashda unga qandaydir kafolat berilganmi? Umuman, bu kabi vaziyatlarda musulmon odam nima qilishi kerak?
2. Bu savolim ham deyarli yuqoridagining mantiqiy davomi. Masalan, bazida kattami yoki kichik korxonalarning bo‘lim boshliqlari bo‘ladi. Men agar o‘sha bo‘lim boshlig‘idan ishga bir kun ma’lum sabab orqali kelmasligimni so‘rasam va u menga ruhsat bersa, menga o‘sha ruhsat joiz bo‘ladimi? Chunki u bo‘lim boshlig‘i bo‘lsada, lekin korxona boshligi emasku? (Korxona boshlig‘i esa bu kabi mayda narsalar bilan shug‘ullanmaydiku-a?).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh sizdan rozi bo‘lsin. Bu borada aynan o‘sha vakolati bor insondan ruxsat olish kerak. 2). O‘sha kunlik maoshingizni olishingiz joiz emas. Agar korxonaning o‘zi rozi bo‘lib to‘lasa, zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:52 | Savol-javoblar | 178 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar