Egulikni avval mevadan boshlash

Assalomu alaykum! Egulikni avval mevadan boshlash, keyin taomga o‘tilishi lozimligi yuzasidan hadis mavjudmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shart emas, lekin oldinmi, keyinmi joiz. Turli hadislarda turli mevalar zikr qilingan. Ba’zilarini ovqatdan oldin ba’zilarini ovqatdan keyin eyilishi aytilgan. Avval mevadan boshlasin yoki keyin esin degan gap qoida sifatida keltirilmagan. Ba’zi ulamolar jannat ahlining taomlanishi haqidagi oyatdan kelib chiqib, avval meva keyin go‘shtli taomlarni istemol qilishni tavsiya qilishgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:52 | Savol-javoblar | 143 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar