Haqiqat (Istina) ni angladim…

Sizga xushxabarim bor! Hozirda hammani tashvishga solayotgan ayrim musulmon diyorlaridagi mojarolarning asl tag sababini tushunib etdim. Buni tushunishimga Allohning to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib, Shayh Ramazon Butiyning meroslarini o‘qishim sabab bo‘ldi. Hamma ofatga sabab - bu bemazhablik ekan. Buni menga birov singdirmadi, o‘zim Alloh taolo bergan aql bilan tanidim. Bu haqiqatni 3-4 yil oldin bilganimda, Suriyaga borib, u kishiga: "Shayh Ramazon Butiy, men O‘zbekistondan shu xabarni etkazish uchun keldim, bilingki, siz kabi olimlar borligidan, Payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vassallam fahrlanadilar" degan bo‘lar edim. Bilamanki, bu gaplarimni u kishi eshityaptilar, chunki shahidlar o‘lmaydi! Bugun men ahli sunna val jamoa a’zosi bo‘ldim. Alloh Buyukdir!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Alloh taolo xayringizni bersin! Sizga o‘xshagan haqiqatni tushunib etadigan kishilarimiz ko‘paysin!

26 May 2022, 17:03 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar