Ovozini yozib olish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, hozirgi paytda bazi odamlar telefonlariga maxfiy ovoz yozib olish dasturini o‘rnatib olishgan. Biron odam bilan ish qilishmoqchi bo‘lsa keyinchalik biron narsa bo‘lsa kerak bo‘lib qolar deb suhbatlarini yozib yurishibdi. Misol uchun pul muoamalasida yoki ish to‘g‘risida  ko‘proq shunday bo‘ladi. Boshidan shumlanmasdan Allohga tavakkul qilgan yahshiku, yoki sherigiga bildirmay suhbatlarini yozib yursa bo‘laveradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yaxshi emas. Aytib qo‘yib yozdirsin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:00 | Savol-javoblar | 162 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar