Moturidiy va Ash’ariy aqidasi
Assalomu alaykum, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Hazratlari!Moturidiy va Ash’ariy aqidalarining farqi nimada? Va nega ularda farq bor? Agar ularda farq bo‘lmasa, nega Ahli sunna val jamoa aqidasi deb atalmaydi? Aqidada ham farq bo‘ladimi?!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
ASh’ARIY VA MOTURIDIYLAR ORASIDAGI FARQLARAhli Sunna va jamoa mazhabining ikki katta imomlarining aqiydalarini solishtirib ko‘rgan shayx Muhammad Abduhu ikki tomon o‘ttizga yaqin masalada xilof qilganlarini, ammo aksari ulamolar bu xiloflar faqat lafzda ekani, javhar esa tamoman bir-biriga o‘xshash ekanini ta’kidlashlarini qayd qilgan.Ba’zi muhaqqiq ulamolar al-Moturidiy bilan al-Ash’ariyning oralarida asosan uchta masalada xilof borligini aytadilar. Birinchisi al-Ash’ariy holni nafiy qiladi va shuning uchun uning fikricha sifati zoidalar yo‘q hisoblanadi. Al-Moturidiy esa ularni sobit deydi.Imom Abu Mansur al-Moturidiy rahmatullohi alayhi, takviyn sifati bor, u har bir maxulqqa shomil sifatdir, deydi. Al-Ash’ariy bu nomdagi sifat yo‘qligini aytadi.Bu masalani chuqur o‘rgangan mutaxassislardan Ahmad Amiyn o‘zining «Zuhrul Islom» nomli kitobining 4 – juzida «Moturidiy va Ash’ariy farqli qaragan masalalar haqida alohida kitoblar ham bitilgan. Ba’zilar ularni qirqta masalaga etkazgan», degan. Shu bilan birga boshqa olimlar kabi Ahmad Amiyn ham mazkur masalalardagi farqlanishni xilof deb bo‘lmasligini ta’kidlab «Menimcha, ularning orasidagi xilof lafziy bo‘lgan, xolos», deydi.Moturidiy va Ash’ariylar farqli qarashgan masalalarni bu shaklda bo‘lishiga ikki imomning o‘zlari ergashgan fiqhiy mazhablari ta’sirida bo‘lganligi ochiq – oydin ko‘rinib turadi. Imom Moturidiy hanafiy va imom Ash’ariy shofe’iy bo‘lganlari uchun ba’zi masalalarda o‘z mazhablari tushunchalaridan kelib chiqib fikr yuritgan bo‘lishlari tabiiy. Misol keltiraylik.Iymonning ziyoda yoki noqis bo‘lishi. Ash’ariylar iymon ziyoda va noqis bo‘ladi, deydilar. Moturidiylar iymon ziyoda va noqis bo‘lmaydi, deydilar.Bu tortishuvlarga ularning iymonni turlicha tarif qilganlari sabab bo‘lgan. Iymon tasdiq, iqror va amaldan iborat deganlar iymon ziyoda va noqis bo‘ladi, degan. Iymon tasdiq va iqrordir deganlar, iymon ziyoda yoki noqis bo‘lmaydi, lekin amal ziyoda va noqis bo‘ladi, degan.Umar Nasafiy rahmatullohi alayhi bu ma’noni quyidagicha ifoda etgan:«Iymon Alloh taolodan kelgan narsani tasdiqlab, unga iqror bo‘lishdir. Ammo amallar o‘zlari ziyoda bo‘ladi. Iymon ziyoda ham, noqis ham bo‘lmaydi».Ikki taraf quyidagi oyatlarni o‘z tariflariga binoan tafsir qilib, birlari zohiriy ma’noni olsa, ikkinchilari amalga ta’vil qiladi. 1. «Vaqtiki, ularga U zotning oyatlari tilovat qilinsa, iymonlarini ziyoda qilur», (Anfol: 2). 2. «Alloh hidoyatga yurganlarning hidoyatini ziyoda qilur», (Maryam: 76). 3. «Iymon keltirganlar iymoni ziyoda bo‘lur», (Muddassir: 31). 4. «Iymonlariga iymon ziyoda bo‘lishi uchun», (Fath: 4). 5. «Bas iymonlarini ziyoda qildi. Ular, Alloh bizga kifoya qilur. U qandoq ham yaxshi vakil, dedilar», (Oli Imron: 173). 6. «Vaqtiki, bir sura nozil qilinsa, ulardan ba’zilari: «Bu sizlardan qay biringizning iymonini ziyoda qildi?» derlar. Bas u iymon keltirganlarning iymonini ziyoda qildi», (Tavba: 124). Qazo va qadarning ta’rifi.Ash’ariylar qazo va qadarni quyidagicha ta’riflaydilar:«Qazo – Alloh taoloning hamma narsalarning kelajakda qandoq bo‘lishini azaldan bilishidir».«Qadar – o‘sha narsalarning Allohning azaliy ilmiga muvofiq ravishda vujudga kelishidir». Moturidiylar qazo va qadar lafzlarini o‘rnini almashtiradilar.Bu kabi turlilikni aqiydaviy turlilik deyilmaydi. Buni aqiydani tushuntirishdagi turli uslub deyiladi. Siz bilib bilmay, u bo‘ladimi, bu bo‘ladimi deyavermang.
28 Aprel 2022, 06:57 | Savol-javoblar | 196 | Aqiyda