Do‘stim o‘zini qarzdor hisoblamoqda

Assalomu alaykum! Allohdan qilayotgan xizmatlaringizga xayru barakot tilab savolga o‘tamiz : O‘rtog‘imni vaqti kamligi,  sharoti yo‘qligi sababli o‘zi uchun qurmoqchi bo‘lgan imoratni qurishdagi xamma xizmatlarni o‘z ma’suliyatimga olib,  uyni qurib bittirdik.  Mablag‘ kerak bo‘lganda borib o‘rtog‘imdan pul olib ishlatdim(hamma xarajatlarni daftarga yozib bordim).  Oxirida xisob kitob qilib berganimda, noto‘g‘ri hisoblaganimni va o‘rtog‘im menga biroz qarzligini bildirib pul berdi. Lekin men yozib borilgan ma’lumot bo‘yicha mendan qarzi yo‘qligini aytsam ham, qarzim bor deb qat’iy turib oldi. Tortishganimizdan tortishib oxiri “Agar mendan qarzing bo‘lmasa shu pul menga o‘tib ketsa rozimisan desam», «roziman» deb tashlab ketdi. Oldin xam ko‘p oldi berdimiz bor edi,  ancha vaqtgacha pulni ol yoki mendan qarzligingni isbotla desam, o‘zini xisobi bo‘yicha qarzi bor emish. Shu pul kimniki? Ishlatsam bo‘ladimi yoki qaytarib berishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Agar mendan qarzing bo‘lmasa shu pul menga o‘tib ketsa rozimisan” desangiz «roziman» degani u pul sizga hadya bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:28 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar