Yangi yil xaqidagi fatvo
Assalomu alaykum! Savolim yangi yil xaqida. Yaqinda bir din ulamosi (xalq ichida barcha taniydi) yangi yil dunyoviy bayram va uni dinga xech qanday aloqasi yo‘q, nishonlasa bo‘ladi degan fatvo berdi. Bu fatvo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning "o‘zini boshqaga o‘xshatganlar mendan emas" degan xadisiga binoan o‘zimizni boshqalarga o‘xshatgan bo‘lib qolamizku. Shu xaqida bilmoqchi edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizga quyida bu savolga Ustozimiz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning javoblarini havola qilamiz.
yangi yil
00:00 / 09.01.2012 | eski savollar | 21760Hazrat, biz yangi yil bayramini nishonlar ekanmiz, bizning dilimizdan hech qanday o‘zga dinlarning xudosini qutlash degan tuyg‘u bo‘lmaydi. Biz faqatgina "yangi yil boshlanishi" deb bayram qilamiz. Chunki bu milodiy sana bilan davlat ishlari, kundalik rejalarimiz yuritilinadi. Menimcha ko‘pchilik taqvodorlar ham "falonchi hijriy yilning falonchi sanasida doktor qabuliga yozildim" deb kundalik rejalarini tuzishmasa kerak. Yangi yilni bayram qilish gunoh bo‘lsa melodiy kalendarni qabul qilish ham gunoh bo‘ladimi? Bu savolni siz bilan tortishish maqsadida bermayapman, faqat aniqlik kiritmoqchiman. Raxmat. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:- Hamma payt niyatga bog‘liq bo‘ladi. Ammo Islomiy niyatni qilib, kofirning amalini qilib bo‘lmaydi. Niyatni ham, amalni ham shariatga mos qilish kerak bo‘ladi.https://savollar.islom.uz/s/13287
28 Aprel 2022, 07:19 | Savol-javoblar | 166 | Dolzarb savollar