Juma maruzasidagi fatvo

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, dinimiz xamda millatimiz uchun qilayotgan ishlaringizga Allohim savoblarni ko‘paytirib bersin. Juma maruzalaridan birida imomni «shomni vaqti xuftonga azon aytgungacha degani bo‘ldi. Imomni aytgani to‘g‘rimi? To‘g‘ri bo‘lmasa (shomni vaqti qizil shafaq yoki oqlik yo‘qolguncha deb eshitgan edim gaplarim noto‘g‘ri bo‘lsa uzr so‘rayman) u masjidga juma namoziga juda ko‘p odam keladi. Imomni gapiga ishonib odamlar shomni vaqti ko‘p ekan deb xotirjam bo‘lib namozini (o‘zi bilmagan xolda) qazo qilib qo‘ymaydimi?(hammasi ham emas albatta).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hozir dunyodagi rasadxonalariga ishonib chiqarilgan taqvimlarda namoz vaqtlari to‘g‘ri berilgan. Xuftonning vaqti kirgunicha shomning vaqti hisoblanadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:30 | Savol-javoblar | 128 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar