Ish haqidan to‘lov

Assalomu alaykum! Alloh ilmingizni zieda qilsin. Men tashkilotda ishlayman, har oyning 15-sida avans va har oyning yakuni bilan ish haqim bankda ochilgan shaxsiy plastik kartamga tushadi. Mazkur kartamga tushgan pul mablag‘i hisobidan yaqin qarindoshlarim va tanishlarimning uyali telefon raqamlariga internetdagi to‘lov tizimi orqali pul o‘tkazib qo‘ysam, mazkur mablag‘larim mening daromadimdan qilingan zakot hisobiga o‘tadimi. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘tkazishdan oldin ulardan qarzini zakotdan to‘lashga vakolat olishingiz va o‘sha vaqtda niyat qilsangiz o‘tadi, lekin bunday qilish afzal emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:42 | Savol-javoblar | 144 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar