Tijoratda sheriklik

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, xususiy firma ishlataman. Asosan xizmat ko‘rsatish ishlari. Tijoratimni yanada rivojlantirish uchun savdo sotiq xam qilmoqchiman. Do‘konning bir chetidan savdo uchun sharoit tayyorladim. Aylanma mablag‘im etarli emas edi. Bir tanishim kelishib olsak pul tikishni taklif qildi. Bozorni o‘rganib, sotadigan tovarlarni ustiga 30% qo‘yib sotishimiz mumkinligini va soliqlar, sotuvchilarga oyliklar boshqa xarajatlar uchun taxminan 10% xarajati bo‘lishini xisoblab chiqdim. Unga foydaning yarmini yani 10%ni berishimni aytdim. 10% o‘zimga qolyapti. Unga noinsoflik qilmadimmi? Topgan pulim oxiratimga yomon ta’sir qilmaydimi, halol hisoblanadimi? Sherikchilikda ishlashning mas’uliyati katta deb eshitgandim. Javobingiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Foydani kelishganlaringizdek foizda bo‘lib olishingiz mumkin. Har oyda “tikkan pulingni shuncha foizi yoki muayyan faloncha ming so‘m senga” deyish joiz emas. Alloh tijoratingizga baraka bersin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:44 | Savol-javoblar | 157 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar