Mahsiga mash tortish haqida

Assalomu alaykum! Ming bor uzr vaqtingizlarni olganim uchun. Mahsi haqida ozgina savollarim bor edi iltimos batafsil javob bersangizlar.
1). Mahsiga mash tortgandan keyin tahorati bor holatda mahsini echib  oyog‘ini o‘zini yuvib mahsisiz, tahorati shart bo‘lgan barcha ibodatlarni bajarish mumkunmi?
2). Mahsiga mahs tortishning farzi uzunasiga va eniga qancha?
3). Mahsini muddati tugaganda tahorati bo‘lsa oyog‘ini yuvyatganda dunyoviy gapni gapirsa tahorati buziladimi yoki buzilmaydimi? Javobingiz uchun katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Mumkin. 2). Uch barmoqning uzuni va eni miqdoricha farzdir. 3). Gapirish bilan tahorat sinmay, oyog‘ini yuvishi bilan tahoratli bo‘lib qoladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:04 | Savol-javoblar | 192 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar