HUD surasidan

Assalam Alaykum ! HUD surasini 41 oyatidagi kichik belgi qanday belgi hispblanadi. Bir qoridan eshitayotgandim, "majroha" deyoshni urniga ro harfini kasralik qilib o‘qidi. Hafs va Osim qiroatida ham ro harfini kasralik qilib uqish bormiOldindan katta Rahmat . Uzr beodoblik uchun
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom.Hafs rivoyatida faqat shu bir kalimada imola bor, xolos.Siz aytgan kalimadagi va boshqa shu kabi tajvid qoidalari aslida ustozdan og‘zaki ta’lim olish yo‘li balan o‘zlashtiriladi. Mazkur kalima barcha qiroatlarda siz o‘rgangan suratlarda: ixtilos(ravm) yoki ishmom qilib o‘qiladi. Bundan boshqacha o‘qish albatta xato hisoblanadi. Ammo bu o‘ta murakkab yoki qiyin qoida emas. Xususan ishmom qilish oson: birinchi "nun"ning g‘unnasidan keyin lablarni xuddi zammani aytgandek qilib bir cho‘chchaytirib o‘tiladi, bu harkatdan hech qanday ovoz hosil bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.

3 May 2022, 22:05 | Savol-javoblar | 162 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar