Tahoratning ketishi
Assalomu alaykum! Men yaqinda ona bo‘lish arafasidaman. Ko‘pincha holatimdan kelib chiqib ko‘nglim aynab qayt qilaman. Mana shunday holatda tahorat va mustahab ketadimi yoki namoz o‘qiyversa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tahorat ketadi, istinjo qilinmaydi. Yangi tahorat olib namoz o‘qilaveradi. Undan (suyuq qondan) boshqasini qayt qilish ham, agar og‘izni to‘ldirib chiqsa. Og‘izni to‘ldirib chiqqan har bir qusuq tahoratni ketkazadi. Bunda qusuq taom, suv, qotib qolgan qon, safro bo‘lishi mumkin. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَنْ أَصَابَهُ قَيْءٌ أَوْ رُعَافٌ أَوْ قَلَسٌ أَوْ مَذْيٌ فَلْيَنْصَرِفْ فَلْيَتَوَضَّأْ، ثُمَّ لِيَبْنِ عَلَى صَلَاتِهِ وَهُوَ فِي ذَلِكَ لَا يَتَكَلَّمُ». رَوَاهُ ابْنُ مَاجَهْ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimga namozida qayt, burun qonash, qusqi yoki maziy etsa, chiqib, tahorat qilib kelsin va gapirmagan bo‘lsa, kelgan joyidan davom ettirsin», dedilar». Ibn Moja rivoyat qilgan. عَنْ أَبِي الدَّرْدَاءِ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَاءَ فَتَوَضَّأَ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qusdilar va tahorat qildilar». Termiziy rivoyat qilgan. Xulosa qilib aytiladigan bo‘lsa, oshqozondan bir daf’ada og‘izni to‘ldirib kelgan qusuq tahoratni ketkazadi. Avvalgi jumlalarda qon, qayt, balg‘am va yiring kabi narsalar haqida bayonotlar kelgani va ularning ichida betahorat qiladigani va qilmaydigani bo‘lgani uchun, kelasi jumlada betahorat qilmaydigan narsalarning hukmi ham bayon qilinmoqda. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:57 | Savol-javoblar | 169 | Dolzarb savollar