Mozorlarga ehson

Assalomu alaykum! Alloh qilayotgan xayrli ishlaringizni barakali qilsin. Savolim quyidagicha: biz oilamiz bilan vaqtinchalik boshqa viloyatda yashayapmiz. Bu erda shunday odat bor ekan: ayollar (erkaklar ham) ko‘pchilik bo‘lib, eguliklar (chalpak) pishirib, “aziz” kishilar mozoriga (qabristonga) borishar ekan. Qabristonning yonidagi ovqat pishirish uchun maxsus joylarda yoki xonadonlarda ovqat pishirib eb, tilovat qilisharkan. Bu ishni ehson, savob deb atashadi. “Onam kasal bo‘lganlarida mozorga ehsonlar qilganmiz – deganlarini eshitganman. Meni ham shunday ehsonga taklif qilishayapti. Borsam bo‘ladimi? Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Fuqaholarimiz mozordagi ba’zi ulug‘ zotlarning nomiga atab pishirilgan taomlarni halol bo‘lmaydi deganlar. Siz o‘sha qilmoqchi bo‘lgan ehsoningizni mozorga bormasdan, haqiqiy o‘sha ehsonni eyishga haqdorlarga ulashing. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:10 | Savol-javoblar | 172 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar