Kompyuter grafikasiga asoslangan o‘yin tuzish

Assalomu alaykum! Men kompyuter grafiksiga asoslangan oyin yaratish va uni dasturni tuzish sohasini 3 yil o‘qidim, o‘rgandim va yana ko‘p vaqt sarfladim, lekin keyin zikr ahlidan o‘qidimki o‘yin yaratish mumkin, agar qimor o‘ynashga chorlamasa va namoz o‘qishdan chalgitmasa. Men qimorga oid hech qanaqa o‘yin qilmoqchi emasman qilmayman, lekin baribir asosiy bozor bu o‘yin ishlab chiqish va o‘yinning asosiy maqsadi odamlarning bu o‘yindan foydalanishi yani o‘ynishi. O‘yin o‘ynalganda unga vaqt sarflanadi albatta, lekin men odamlarga majburlab ko‘chirib oling demayman, o‘zlari ko‘chirib olsayu namozini qoldirsa, aybdor men bo‘lamanmi? Savolimning ikkinchi qismi esa shundan iboratki, multfilm yaratishga va undani qahramonlarni chizisga ruxsat etilgan, xolbuki multfilmlar ham inson vaqtini olib qo‘yishi mumkin, lekin bu multfilmning maqsadi yaxshilikka qaratilgan bo‘lsa unda yaxshi. Menda ham shunday, men o‘yin yaratishimdan maqsadim shuki insonlarga foydam tegishi, kelajakda insonlarga talim beradigan va fanlarni o‘yin shaklida o‘rgatadigan turli xil programmalar yaratish niyatidaman. Lekin ayni vaqtda hozirda shu narsaga to‘g‘ri keliyaptiki, men biror programmistlik firmasiga kirib ishlashim kerak, malaka orttirishim uchun, undan so‘ng men o‘zim alohida chiqib aytgan ishlarimni qila olaman. Bilasiz ilmga ham tajriba orqali erishiladi. Men aytmoqchi bo‘lgan narsa shuki, men bilmayman, agar ishga kirsam men qanaqa o‘yin tayorlashda qatnashishimni, lekin zinoga va qimorga chorlaydigan o‘yin bo‘lsa uni qilmayman. Ammo ko‘p o‘yinlarni yaratishdan maqsad unga insonlarni jalb etishdan iborat, agar vaqtni olib qo‘yadigan o‘yin yaratishda qatnashsamchi unda nima bo‘ladi? Men Allohga tavakkal qilyapman.... inshaolloh bunday o‘yin yaratishda qatnashmasman... .Men oyin yaratsam ham asosan uning dasturni yozaman yani algoritmlari va matematik hisob kitoblariga o‘xshash narsalarini... o‘yinnnig rejasini tuzmayman... bu holatda nima qilishim kerak? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aqlni charxlaydigan, odob-axloqlarni o‘rgatadigan o‘yinlarni qilish sizga vojib. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 05:08 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar