Suv isrof bo‘lmayaptimikin
Assalomu alaykum! Toshkentda buvim yashaydi. Hovlilaridagi ogorodga mayda chuyda rayhonlar ekilgan. Har kuni «suv qo‘yib qo‘y, qurib qolyapti» deydilar. Ekinlarni sug‘orishga ichimlik suvini ishlatishga ko‘nglim bormaydi, chunki insonlar ichishga zor suvni qanaqa qilib o‘simlikka quyaman? Ichimlik suvini qanday qilib o‘simlikka ishlataman desam, dangasasan bahona to‘qiysan deydilar. Uy yonverida hech qanaqa ariq yo‘q. Har kuni shularni ichimlik suvi bilan sug‘orib suvni isrof qilib qo‘ymayotganmikanmiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Xalqimizda boshqa yurtlardagi insonlar non ushoqlariga ahamiyat bermasliklarini ko‘p gapirishadi. Bunga sabab bizning yurtlarda non bir vaqtlar o‘ta tanqis bo‘lganligi, o‘sha kunlar qayta boshimizga kelib qolishidan qo‘rqqanliklari uchundir. Ularda esa suv shu darajada bo‘lgan va hozirda ham shunday bo‘lib kelmoqda. Suv tanqisligidan suvning tomchisini ham e’zozlaydilar. Bizdagilar ularni nonni e’zozlamasliklarini gapirishadi, lekin suvning tomchisi ham aziz ekanligini o‘ylab ham o‘tirmaydilar. Alloh taolo “Takasur” surasidagi “So‘ngra o‘sha Kunda albatta ne’matlanishdan so‘ralasiz” oyati nozil bo‘lganidan keyin sahoba roziyallohu anhumlar “Taomimiz hurmo va suvdan iboratku, nimadan so‘ralamiz” deganlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “O‘sha hurmo va suvdan so‘ralasizlar” deganlar. Sahobalardan Sa’ad roziyallohu anhu tahorat qilayotganlarida “Ey Sa’ad bu isrof nimasi” dedilar. “Tahoratda ham isrof qilish bormi” dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Ha, agarchi oqib turgan daryoning bo‘yida turgan bo‘lsang ham” dedilar. Tahoratda ortiqcha suv ishlatish isrof va harom bo‘lganidan keyin qolgan naralarni qiyoslab olavering. Ekinga ham ehtiyojdan ortig‘ini ishlatish isrof. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:59 | Savol-javoblar | 128 | Dolzarb savollar