Ro‘mol haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir maqola o‘qib qoldim. Unda ayollar ro‘moli diniy libos emas deyilgan. Alloh taolo uni farz qilmaganmi? Shu gapga tushunmadim, iltimos shuni tushintirib bersalaringiz. Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo siz bilan biz biladigan ro‘molni emas ayol kishi avratlarini berkitishini farz qilgan. U uyida o‘tirgan ayolning uyi orqali, tashqariga chiqsa o‘sha joylarini to‘sib turadigan biror narsa orqali bo‘lishi ham kifoyadir. Bizning diyorimizda har kim e’tiqodi taqozo qilganicha kiyinib yurishga qonunda ham ruxsat berilgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:59 | Savol-javoblar | 143 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar