Qalbim mog‘orlashib ketganki
Assalomu alaykum! Avvalom bor bu savolmi yoki bilmadim lekin aytmasam bo‘lmaydi.Men bundan 5-6 oy oldingi hayotimni sog‘indim. Shu yil yanvarida Daniyaga stajirovkaga keldim. Boshida Allohning farzlarini bajarishda qoyim bo‘ldim. Oradan bir ikki oy o‘ttiyamki sustkashlik boshlandi. Avvalo bir ikki mahalni qazo qildim, Qur’ondan eng ko‘pi bilan 10 bet o‘qidim haftada, keyin asta sekin hammasini tashladim. Hozir esa o‘zim oldin jirkangan ishlarimni ham qilib qo‘yyabman (porno, istimno, ya’ni masturbatsiya) hammasini. Qalbim hech qanday his tuyg‘uni anglamayabdi. Xuddiki qanaqadir bir teatrda rol o‘ynayotgandek. O‘zim shu erda lekin bu erda emasdekman. Oldin Muhammad sollallohu alayhi va sallamni yaqinimda his qilardim hozir hatto eslamayman ham. Allohni zikr qilish uchun faqat aksirganda sabab bo‘lyabdi. Qanaqadir shokdamanki, o‘sha shokdan qutula olayapman. Ota- onam va yaqinlarim bilan telefonda suhbat ham erish tuyuladi. Qalbim shunchalik mog‘orlashib ketganki hech qanday his tuyg‘uni anglamayabdi. Menimcha hammasini yozdim. Iltimos maslahat bering
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taqvosi va qat’iyati zaif insonlar g‘ayriislomiy muhit va jamiyatga tushib qolsa shunday bo‘ladi. Zudlik bilan siz hozir bo‘lib turgan erdagi ahli ilmlar, solih va taqvodor kishilarni qidiring. Masjid bor bo‘lsa o‘sha erga boring. Imomi bilan gaplashing. Namozxonlar bilan suhbatlashing. Ular bilan do‘st tutining. Nasuh tavba qiling. Allohga duo qilib gunohlardan tiyilishga nusrat so‘rang. Solihlarning safiga qo‘shiling va ularni lozim tuting. Alloh taolo bu ish muhim ekanligi uchun oyati bilan buyurgan. Ko‘proq ro‘za tuting, zikr va istig‘forlarda bardavom bo‘ling. Alloh taolo “Tavba” surasida:يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اتَّقُواْ اللّهَ وَكُونُواْ مَعَ الصَّادِقِينَ119. Ey iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar va sodiqlar ila birga bo‘linglar! deb marhamat qiladi.
Ashraf Ali Tahonaviyning oxirgi o‘rinbosarlari Abrorulhaq rohmatullohi alayhining muridi hikoya qiladi : «Men, bir birodarimiz va ustozimiz Abrorulhaq rohmatullohi alayh bilan bir ustozning ziyoratiga bormoqchi bo‘lib, uydan chiqdik. Boradigan joyimiz unchalik uzoq emasdi, lekin Abrorulhaq rohmatullohi alayh keksayib qolganlari uchun taksiga chiqsakmikin deb, uy oldida bir oz to‘xtab qoldik. O‘n-o‘n besh qadam narida bir taksi turar, haydovchisi esa bizni kuzatib turardi. Maslahatlashib, taksida boradigan bo‘ldik. Haydovchi u tomon yurganimizni ko‘rib, mashinasining eshiklarini ochib, bizni kutib oldi. Mashinaga o‘tirgach, Abrorulhaq rohmatullohi alayh «Alloh taolo O‘zi hoxlagan kishisini (payg‘ambarlikka) tanlab olur va Unga iltijo qiluvchi kishini hidoyat qilur» degan oyatni o‘qib, shunday dedilar: «Alloh taolo payg‘ambar, rasul va ba’zi valiy bandalarini ulardan biror harakat bo‘lmay turib ham O‘ziga do‘st qilib oladi. Shu tariqa ular Alloh taoloning muqarab bandalariga aylanadilar. Biroq, yana ba’zi bandalarni Alloh taolo mana shu haydovchi kabi kuzatib turadi. Agar ular Alloh taolo tomon yursalar, haydovchi bizga mashinasining eshiklarini ochgani kabi, O‘zining rahmat eshigini ochadi, O‘zi tomon intilgan bandalarni maqsadlariga erishtiradi. Agar boshqa yo‘lni ixtiyor qilishsalar, ularni o‘z holiga tashlab qo‘yadi», dedilar. Kun issiq edi. Haydovchi mashinaning konditsionerini yoqib qo‘ydi, lekin mashinaning saloni hadeganda soviyvermadi. Haydovchi yo‘ldan ko‘zini uzmay: «Birortangiz tomondagi oyna ochiq shekilli, iltimos, berkitib qo‘yinglar», dedi. Rostdan ham, sherigimiz tomondagi oyna ochiq ekan, uni berkitib qo‘ydik. Oynalar yopilgach, mashinaning ichi yana ham isib ketgandek bo‘lib, biroz behalovat bo‘ldik. Biroq, sal o‘tmay mashinaning ichi salqin bo‘lib qoldi, jonimiz kirib, badanimiz rohatlandi. Shunda Abrorulhaq rohmatullohi alayh “Ra’d” surasidagi «Iymon keltirgan va Allohning zikri ila qalblari orom topganlar. Ayo, Allohning zikri ila qalblar orom topmasmi?» oyatini o‘qidilar, so‘ng «Issiq kunda hamma so‘lim-salqin joyga qochadi. Biroq, Allohning zikri qalb uchun salqin joydan-da rohatliroqdir. Zikr – go‘yo issiqdan behalovat bo‘lgan qalbning konditsioneridir. Lekinالعينان نافذتا القلب «Ko‘zlar qalbning derazalaridir» deyilgan. Agar insonning ko‘z degan oynasi haromdan, quloq degan oynasi behuda gap-so‘zu shaytonning nag‘malaridan, og‘iz degan oynasi g‘iybatu befoyda safsatalardan yopilmas ekan, zikr qalbga orom bag‘ishlay olmaydi», dedilar».
Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Qaysi bir musulmonning nazari biror ayol kishining chiroyiga tushib, undan ko‘zini yumsa, Alloh u uchun halovatini topadigan ibodatni beradi” dedilar». Hadisi qudsiyda:“Nomahramlarga qarash Iblisning zaharlangan o‘qlaridan bir o‘qdir. Kim mendan qo‘rqqanligidan o‘sha qarashni tark qilsa, evaziga qalbida halovatini topadigan iymonni ato qilaman” deyilgan.
Tabaroniy va imom Hokim rivoyati. Vallohu a’lam!
4 Sentabr 2023, 21:37 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar