Talabalikda qolib ketgan qarz

Assalomu alaykum! Biz talaba edik. Ovqatlanish uchun kafega kirdik. Hisobchi bizdan adashib taom narxidan kam narx olib qolibdi. Buni keyin bildim. Biz undan qarz bo‘lib qolgan bo‘lamizmi agar shunday bo‘lsa olib borib taom narxini to‘g‘rilab beramiz . Shunday vaziyatlar ko‘p uchrab qoladi. Yoki uning o‘rniga o‘sha pulni boshqa bir insonga ehson qilsak ham bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunaqa holatda adashganini aytib pulni to‘liq to‘lash kerak bo‘ladi. Siz ham borib qarzingizni to‘lab qo‘ying. Egasi bo‘lib qaytarib olib borib berishga imkon bo‘lsa, boshqa insonga ehson qilib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 12:35 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar