Restoran idishlaridan foydalanish

Assalomu alaykum! Bizning nikoh to‘yimiz Amerikada bo‘layapti va uni mehmonxonaning restoranida qilmoqchimiz. Lekin ularning idish-tovoqlari avval halol bo‘lmagan ovqatlarga ishlatilgan, so‘ng 180 gradus issiqdagi suv bilan mashinada yuvishar ekan. Shu idishlarni biz ham ishlatsak bo‘ladimi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Suv yuqmaydigan sirli idishlarni uch bora yuvish bilan pok bo‘ladi. Siz aytgan holatda batariqi avlo pok bo‘ladi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:47 | Savol-javoblar | 137 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar