Ro‘za va namoz

Assalomu alaykum! Menga doktor kuniga kamida 4 litr suv ichishimni buyurgan, shuning uchun ro‘za tutolmayabman. Buning gunohi yo‘qmi? Men 5 vaqt namozni ado etyabman. O‘rtog‘imni aytishicha ramazon oyida ro‘za tutmasa namoz ham qabul bo‘lmas ekan. Shu gap qanchalik rost? Javob uchun tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Doktor to‘rt litr suv ichishni buyurgan bo‘lsa, sizni yaratgan, mijozingiz va sizga nima kerak yoki kerakmasligini biladigan Zot ro‘za tutishingizni buyurgan. Shu joyda sizga ixtiyor qilish tanlovi bor. Agar salomatligingiz og‘ir holda bo‘lsa, unda siz boshqa kunlari tutib berasiz. Do‘stingizni gapi noto‘g‘ri. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:28 | Savol-javoblar | 150 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar