Taqinchoq

Assalomu alaykum! Hozirda ko‘plab ayollar qo‘l ko‘rinishidagi taqinchoqlar taqib yurishibdi bu qo‘l jainizm dinining ramzini eslatadi va xattoki buni tasbehlarda ham ko‘rish mumkin. Yaqindagina yana shu qo‘lga o‘xshash bir taqinchoq urfga kiribdi bu esa "Fotimaning qo‘li” deb atalar ekan (shu haqida ma’lumot bormi?) Bu taqinchoqlarni taqish qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!Shariatimizda bu kabi taqinchoqlarni taqish joiz emas. Shuningdek turli mamlakatlardan kelayotgan ko‘z shaklini ham xonadan va mashinalarga osib qo‘yish joiz emas. Shariatimiz boshqa dinlarning diniy shiorlari, ramzlarini taqib yurishni nojoiz deydi. Masalan birorta musulmon xochni taqishi, xindular peshonasiga surkaydigan sindurni surtishi, yahudiylar taqadigan kamarni taqishi, buddachilar ko‘tarib yuradigan uch nayzali panshahaga o‘xshash narsalarni ko‘tarib yurishi, nasorolar sig‘inadigan bola ko‘tarib turgan ayolning rasmini taqib yurishi kufrdir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:35 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar